Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shomurodovning goli «Bashakshexir»ga «Kasimpasha» ustidan g‘alaba qozonishga yordam bermadi

Shomurodovning goli «Bashakshexir»ga «Kasimpasha» ustidan g‘alaba qozonishga yordam bermadi

Baho:
+ | -

Turkiya chempionatining 3-turida «Istanbul Bashakshexir» va «Kasimpasha» g‘olibni aniqlay olmadi. Yakshanba kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Mezbonlar safida Eldor Shomurodov gol urgan bo‘lsa, mehmonlar tarkibida Fusseyni Diabate o‘z nomini tabloga yozdirdi.

«Roma»ning sobiq hujumchisi Shomurodov Turkiya Superligasida uchta gol bilan «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimhen bilan birga to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

«Istanbul Bashakshexir» 4 ochko bilan turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:48, 31.08.2026.
O'qildi: 1704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик