Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Allegri: «Agar gol o‘tkazib yuborsak, demak raqib kuchliroq bo‘lgan»

Allegri: «Agar gol o‘tkazib yuborsak, demak raqib kuchliroq bo‘lgan»

Baho:
+ | -

«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Komo»dan 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatni izohladi. Uchrashuv A Seriyaning ikkinchi turi doirasida bo‘lib o‘tdi.

«Biz shuni tushunishimiz kerakki, agar gol o‘tkazib yuborsak, demak raqib kuchliroq bo‘lgan. Buni qabul qilishimiz kerak. Eng yoqimsiz holat birinchi bo‘lim tugashiga 20 soniya qolganda sodir bo‘ldi, o‘shanda biz yana tavakkal qildik. Bunday vaziyatlar ustida albatta ishlashimiz kerak.

Men salbiy jihatlar haqida gapiryapman, chunki aynan ularni to‘g‘rilashimiz kerak. Ammo ijobiy tomonlar ham ko‘p bo‘ldi. Biz bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdik, ikkinchi bo‘limda esa raqibni o‘z yarim maydoniga qamab qo‘ydik.

Yigitlar o‘yin 90 daqiqa davom etishini tushunib olishlari kerak. Uchrashuv oxirigacha sabr va xotirjamlikni saqlash zarur. Ular kuchli jamoa ekanimizni anglashlari kerak, ammo o‘yinning ayrim qismlarini yaxshilashimiz shart», — deya Allegrining so‘zlarini Il Napolista keltiradi.

«Napoli» 3 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 05:13, 31.08.2026.
O'qildi: 697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик