Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo: «Uyga yagona jamoa ekanligimizni his qilib qaytish muhim»

Mourinyo: «Uyga yagona jamoa ekanligimizni his qilib qaytish muhim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo La Liganing 3-turida «Malaga» ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi. Madridliklar birinchi bo‘limda uchta gol urdi.

«Muxlislar zavq olishlari muhim, ammo agar ular yuqori darajadagi futbol nima ekanini tushunishsa, ikkinchi bo‘limdan ham zavq olishlari kerak. Bugun jamoaning himoyada qanday harakat qilgani ko‘rindi: Vinisius to‘pni yo‘qotgach, himoyaga yordam berish uchun ortga qaytdi. Futbol faqat chiroyli gollardan zavq olish emas. Uyga yagona jamoa ekanligimizni his qilib qaytish ham muhim», — dedi Mourinyo.

«Bir mavsumda 121 ta gol urish uchun hujumda yuqori darajali futbolchilarga ega bo‘lish kerak. Biz uchta o‘yindayoq 10 ta gol urdik, ammo qaysidir o‘yinda 1:0 hisobida g‘alaba qozonsak ham, maydonni xuddi shunday xursand bo‘lib tark etamiz», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Kiritildi: 05:22, 31.08.2026.
O'qildi: 928 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик