Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau «Milan»ni tark etdi va yetti yil davomida birga ishlagan barcha insonlari bilan xayrlashmoqda. Leau ulardan uch nafarini alohida ajratib ko‘rsatdi.
Bular — Paolo Maldini, Zlatan Ibragimovich va Stefano Pioli. Leau «Milan»dagi faoliyatining dastlabki besh yilida Pioli qo‘l ostida ishlagan. Leau ijtimoiy tarmoqlarda yuqorida tilga olingan har bir inson bilan tushgan suratlarini joylashtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Stefano Pioli qo‘l ostida «Milan» Skudettoni qo‘lga kiritgan. Bu 2021/2022 yilgi mavsumda, Leauning «Milan»dagi uchinchi mavsumida sodir bo‘lgan. Biroq 2024 yil yozida Pioli klubni tark etdi, shundan so‘ng portugaliyalik mutaxassislar va Massimiliano Allegri bilan turli tajribalar boshlandi.













