Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Real" futbolchisi: "Jarohatlarsiz mavsum o‘tkazishimizga umid qilaman"

"Real" futbolchisi: "Jarohatlarsiz mavsum o‘tkazishimizga umid qilaman"

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua «Malaga»ga qarshi Ispaniya La Ligasining navbatdagi tur uchrashuvidagi 4:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.

«Biz aynan shunday uslubda o‘ynashni istaymiz: yuqori sur’atda harakat qilish, to‘pni nazorat qilish va uni yo‘qotganimizdan so‘ng darhol pressing qo‘llash.

Agar barcha uchrashuvlarda shu yondashuvga amal qila olsak, bizni ajoyib mavsum kutadi, deb o‘ylayman. Shuning uchun har bir futbolchi 90 daqiqa davomida bor kuchini berishi muhim. Shuningdek, jarohatlarsiz mavsum o‘tkazishimizga umid qilaman — eng muhimi shu», — deya Kurtuaning so‘zlarini Madrid Universal keltirmoqda.

Kiritildi: 09:20, 31.08.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик