«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubning transfer siyosati haqida fikr bildirdi.
Angliyada yozgi transferlar oynasi 1 sentyabrdan 2 sentyabrga o‘tar kechasi yopiladi.
«Biz tarkibni kuchaytirishning turli variantlarini doimo ko‘rib chiqamiz. Shuning uchun yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolash ehtimolini istisno qilmagan bo‘lardim. Hozir esa kutishimiz kerak», — deya Kerrikning so‘zlarini jurnalist Samuel Lakxyorst keltirmoqda.













