«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa hujumchisi Markus Reshfordning o‘yini haqida fikr bildirdi.
«Markus uchun juda xursandman. U “Manchester Yunayted”da o‘zini baxtli his qilayotganiga va asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoaning chiroyli g‘alabasiga hissa qo‘shganidan mamnun ekaniga ishonaman. U o‘zini yaxshi ko‘rsatdi», — deya Kerrikning so‘zlarini The United Stand keltirmoqda.
Markus Reshford o‘tgan mavsumni ijara asosida «Barselona» safida o‘tkazgan.













