Bugun, 31 avgust kuni futbol muxlislarini bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.
U-20 Osiyo kubogi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Bangladeshga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv soat 19:00 da boshlanadi va FutbolTV telekanali orqali namoyish etiladi. O‘yinni Abdulla Nurmanov sharhlab boradi.
Shuningdek, mazkur musobaqa doirasida soat 16:00 da Suriya va Hindiston terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu bahs FutbolTV orqali Eldor Mustafoyev sharhida efirga uzatiladi.
Angliya Premyer-ligasining 2-turida soat 00:00 da «Aston Villa» o‘z maydonida «Arsenal»ni qabul qiladi. Uchrashuv Setanta telekanali orqali Davron Fayziyev sharhida namoyish etiladi.
Ispaniya La Ligasining 3-turida soat 22:30 da «Osasuna» va «Xetafe» maydonga tushadi. Soat 00:30 da esa «Barselona» «Rayo Valekano»ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuv Zo'r TV orqali Hasan Turdialiyev sharhida efirga uzatiladi.
Italiya A Seriyasining 2-turida ham ikki uchrashuv o‘tkaziladi. Soat 21:30 da «Lechche» — «Roma», soat 23:45 da esa «Atalanta» — «Bolonya» bahsi bo‘lib o‘tadi.
31 avgust kungi o‘yinlar:
U-20 Osiyo kubogi. Saralash bosqichi
16:00 — Suriya — Hindiston / FutbolTV, Eldor Mustafoyev
19:00 — O‘zbekiston — Bangladesh / FutbolTV, Abdulla Nurmanov
APL. 2-tur
00:00 — «Aston Villa» — «Arsenal» / Setanta, Davron Fayziyev
La Liga. 3-tur
22:30 — «Osasuna» — «Xetafe»
00:30 — «Barselona» — «Rayo Valekano» / Zo'r TV, Hasan Turdialiyev
A Seriya. 2-tur
21:30 — «Lechche» — «Roma»
23:45 — «Atalanta» — «Bolonya»













