Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» — «Rayo Valyekano»: taxminiy tarkiblar

«Barselona» — «Rayo Valyekano»: taxminiy tarkiblar

Baho:
+ | -

Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Barselona» — «Rayo Valyekano» uchrashuvi 31 avgust kuni «Kamp Nou»da o‘tkaziladi. O‘yin Ispaniya vaqti bilan 21:30 da, Toshkent vaqti bilan 1 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:30 da boshlanadi.

Hansi Flik jamoasi mavsumni yaxshi boshladi: kataloniyaliklar dastlabki ikki uchrashuvda g‘alaba qozonib, hali gol o‘tkazib yuborgani yo‘q. Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, murabbiy «Atletik»ka qarshi 2:0 hisobida g‘alaba qozongan tarkibning asosiy qismini saqlab qolishi kutilmoqda.

«Barselona»ning taxminiy tarkibi (4-3-3): Joan Garsiya — Erik Garsiya, Pau Kubarsi, Jerard Martin, Joau Kanselu — Mark Bernal, Pedri, Fermin Lopes — Lamin Yamal, Rafinya, Entoni Gordon.

Kanselu o‘rniga Xavi Espart, Gordon o‘rniga esa Karim Adeyemi maydonga tushishi ham mumkin. Rodri asosiy tarkibga kirish uchun nomzod, ammo so‘nggi kunlardagi kichik jismoniy muammolar sabab Bernalning imkoniyati yuqoriroq baholanmoqda. Frenki de Yong jarohati tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi, Gavining ishtiroki esa so‘roq ostida.

«Rayo Valyekano»ning taxminiy tarkibi (4-2-3-1): Dani Kardenas — Andrey Rasiu, Florian Lejyon, Pelyo Fernandes, Godfrid Vertrouvd — Oskar Valentin, Unai Lopes — Fran Peres, Xorxe de Frutos, Alvaro Garsiya — Serxio Kamelyo.

Mehmonlarning asosiy darvozaboni Augusto Batalya jarohat sabab safdan chiqqan. Luis Felipe ham o‘ynay olmaydi, Isi Palasonning ishtiroki esa noma’lum.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:11, 31.08.2026.
O'qildi: 1474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик