Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Sebalyos faoliyatini A Seriyada davom ettiradi

Sebalyos faoliyatini A Seriyada davom ettiradi

Baho:
+ | -

24 yoshli argentinalik yarim himoyachi Esekyel Sebalyos «Boka Xuniors»ni tark etib, faoliyatini Italiya chempionatida davom ettiradi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, vingerning yangi jamoasi «Monsa» bo‘ladi. Italiya klubi futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. «Monsa» Sebalyos uchun 4 million yevro to‘laydi.

Yaqin vaqt ichida Esekyel tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shundan so‘ng yangi klubi bilan shartnoma imzolaydi.

A Seriyaning yangi mavsumida dastlabki ikki turdan so‘ng «Monsa» hali ochko jamg‘argani yo‘q. Jamoa turnir jadvalida so‘nggidan bitta oldingi o‘rinni egallab turibdi.

«Monsa» keyingi uchrashuvini 6 sentyabr, yakshanba kuni safarda «Parma»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 14:48, 31.08.2026.
O'qildi: 1091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик