Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Roma» hujumchisi APLga o‘tadi

«Roma» hujumchisi APLga o‘tadi

Baho:
+ | -

«Xall» «Roma» hujumchisi Robinyo Vazni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, klublar 19 yoshli fransiyalik futbolchini 2 million yevroga ijaraga berish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Bitimda hujumchini keyinchalik 30 million yevroga sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Futbolchining o‘zi ham «Roma»dan «Xall»ga o‘tishga dastlabki roziligini bildirgan. Angliya klubi uning keyingi 24 soat ichida Angliyaga uchib kelishini tashkil qilishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq insayder Nikolo Skira Vazning «Xall» bilan shartnomasi 1+4 formulasi asosida 2031 yilgacha mo‘ljallanishini xabar qilgan edi. Ya’ni, futbolchi to‘liq sotib olingan taqdirda u bilan 4 yillik shartnoma tuziladi.

«Roma» Robinyo Vasni 2026 yil yanvarda «Marsel»dan 22 million yevro va yana 3 million yevro bonus evaziga xarid qilgan edi. O‘tgan mavsumda u rimliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Kiritildi: 15:19, 31.08.2026.
O'qildi: 1120 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик