Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Kristal Pelas» Sarrni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas

«Kristal Pelas» Sarrni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» Ismaila Sarr transferi uchun «Liverpul»dan 75 million funt sterling talab qilmoqda. Bu haqda jurnalist Santi Auna xabar berdi.

«Liverpul» transfer oynasi yopilishi arafasida hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida senegallik vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklarning Sarr bo‘yicha dastlabki taklifi esa «Kristal Pelas» tomonidan rad etilgan.

London klubi 28 yoshli futbolchini sotishga shoshilayotgani yo‘q. Sarrning amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan.

Vinger 2025/26 yilgi mavsumda juda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, 21 ta gol urdi. Shuningdek, u «Kristal Pelas»ning Angliya kubogi va UEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

«Liverpul» avvalroq «Brayton» vingeri Yankuba Minteni tarkibga qo‘shib olishga uringan, ammo futbolchining narxi bo‘yicha kelishuvga erishilmagan. Shundan so‘ng klub asosiy e’tiborini Ismaila Sarr variantiga qaratgan.

Kiritildi: 17:13, 31.08.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик