«Xall Siti» «Chelsi» yarim himoyachisi Dario Essugoni ijara asosida o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Portugaliya U-21 terma jamoasi futbolchisi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.
Qayd etilishicha, Essugo «Chelsi» bilan bir tizimga kiruvchi «Strasbur»ga o‘tishdan ko‘ra, «Xall» safiga qo‘shilish variantiga ko‘proq qiziqish bildirmoqda. Transfer oynasi yopilishi yaqinlashar ekan, «Chelsi» futbolchining kelajagi bo‘yicha turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda.
21 yoshli yarim himoyachi 2025 yilda «Sporting»dan «Chelsi»ga o‘tgan va London klubi bilan 2033 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
Essugo o‘tgan mavsumni «Las-Palmas»da ijara asosida o‘tkazdi. U barcha musobaqalar doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va mavsum yakunlanganidan so‘ng «Stemford Brij»ga qaytdi.













