Dani Karvaxal yozgi transfer oynasi rasman yopilgandan keyin ham yangi klub bilan shartnoma imzolash huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
34 yoshli o‘ng qanot himoyachisi 18 may kuni «Real» bilan o‘zaro kelishuv asosida shartnomasini bekor qilib, klubni tark etgan. Shartnoma rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish muddati yakunlanishidan oldin bekor qilingani sabab Karvaxal erkin agent maqomini to‘liq saqlab qolgan.
FIFA qoidalariga ko‘ra, shartnomasi tabiiy ravishda yakunlangan yoki transfer oynasi yopilishidan oldin o‘zaro kelishuv asosida bekor qilingan futbolchilar dedlayndan keyin ham yangi klubda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Shu bois Karvaxal 1 sentyabr kuni soat 23:59 gacha albatta yangi jamoa topishi shart emas.
Biroq yevrokuboklarda ishtirok etish masalasida alohida cheklov bor. Agar tajribali himoyachi joriy mavsum Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi yoki Konferensiyalar ligasida o‘ynashni istasa, uning yangi klubi futbolchini 2 sentyabr, chorshanba kuni soat 23:59 gacha UYEFA ro‘yxatiga kiritishi kerak.
Karvaxal «Real» asosiy jamoasida 13 mavsum o‘tkazdi. Shu davr mobaynida u 26 ta yirik sovrinni qo‘lga kiritdi. Ular orasida 6 ta Chempionlar ligasi kubogi, 4 ta La Liga chempionligi va 2 ta Ispaniya kubogi bor.













