«Lasio» bosh murabbiyi Djennaro Gattuzo yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida jamoadagi transferlar bilan bog‘liq vaziyat haqida fikr bildirdi.
«Transfer bozoridan hech narsa kutmayapman. Hozir ixtiyorimda bo‘lgan futbolchilarning barchasi jamoada qolishini istayman. Bugun ertalab hatto rahbariyat bilan transferlar haqida gaplashishni ham xohlamadim, chunki butun e’tiborimni faqat o‘yinga qaratmoqchi edim», — dedi Gattuzo.
«Jarohatlar tufayli bizga yana bir yarim himoyachi kerakmi? Men nima qilishim kerak? Go‘yo men klub prezidenti yoki buxgaltermanmi? Yo‘q, men murabbiyman.
Agar pul bo‘lmasa, nima qila olamiz? Axir futbolchilarni o‘g‘irlash uchun niqob kiyib borolmayman-ku», — deya Gattuzoning so‘zlarini Calciomercato keltirmoqda.
«Lasio» A Seriyaning dastlabki ikki turidan so‘ng 6 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.













