«Kristal Pelas» yana Ismail Sarrni «Liverpul»ga sotishdan bosh tortdi.
RMC Sport xabar berishicha, mersisaydliklarning senegallik vinger bo‘yicha ikkinchi taklifi ham rad etilgan.
Avvalroq 28 yoshli futbolchi uchun «Liverpul» 50 million yevro taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Shuningdek, Sarr «Kristal Pelas»da mashg‘ulot o‘tkazish va o‘ynashdan bosh tortayotgani aytilmoqda. U Angliya Premyer-ligasining mavsumdagi dastlabki ikki uchrashuvida ishtirok etmadi.
Ayni paytda «Liverpul» 28 yoshli futbolchini tarkibga qo‘shishga jiddiy qiziqish bildirmoqda, biroq «Kristal Pelas» uni jamoada saqlab qolish niyatida.













