«PSJ»dan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Bredli Barkolya Fransiya klubi va uning muxlislari bilan xayrlashdi. Futbolchi «PSJ» safida uch yil to‘p tepdi.
«Qadrli «PSJ» muxlislari! Men sizlarga jamoadan ketayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Ammo avvalo sizlarga minnatdorchilik bildirishni istayman.
Ilk bor maydonga tushgan daqiqalarimdanoq meni qo‘llab-quvvatlaganingiz va yordam berganingiz uchun katta rahmat. Hatto eng qiyin damlarda ham meni olg‘a intilishga undadingiz.
Bu futbolkani kiyish men uchun baxt va haqiqiy zavq edi. Men bu bilan doimo faxrlanaman. Shuningdek, futbolchi sifatida o‘sishimga yordam bergan va ancha rivojlanishimga imkon yaratgan bosh murabbiy hamda uning butun shtabiga minnatdorchilik bildiraman. Yana bir bor rahmat, Parij!», — dedi futbolchi.













