Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Arteta Moskeraning holati haqida ma’lumot berdi

Arteta Moskeraning holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta markaziy himoyachi Kristian Moskeraning holati haqida fikr bildirdi.

22 yoshli futbolchi Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Aston Villa»ga qarshi o‘yinning 79-daqiqasida majburan almashtirilgan edi. Uchrashuv «kanonirlar»ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

«Moskera bilan hammasi joyida. Lekin u nimadir sodir bo‘lishi mumkinligini his qildi. Shuning uchun uni Ezri Konsaga almashtirishimizga to‘g‘ri keldi», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Murabbiyning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Uchrashuvdagi yagona golni 59-daqiqada Bukayo Saka urdi.

«Arsenal» dastlabki ikki turdan keyin 6 ochko jamg‘ardi. Amaldagi Angliya chempioni 6 sentyabr kuni o‘z maydonida «Chelsi»ga qarshi o‘ynaydi.

Kiritildi: 08:04, 01.09.2026.
O'qildi: 459 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик