Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Reshford «Chelsi»ga o‘tmaydi

Reshford «Chelsi»ga o‘tmaydi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» vingeri Markus Reshford klubda qolishga qaror qildi.

28 yoshli futbolchining nomi so‘nggi paytlarda «Chelsi» bilan bog‘lanayotgan edi, ammo bu transfer amalga oshmasligi kutilmoqda.

Transfer News Live’ning Football Insider’ga tayanib xabar berishicha, Reshford «qizil iblislar» safida qolish niyatida. U transfer oynasining so‘nggi kunida London klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmayapti.

Shu bilan birga, «Manchester Yunayted» futbolchini yana bir bor ijaraga berish niyatida emas. Angliyalik vingerning maosh bo‘yicha talablari yuqori ekani sabab, uni to‘liq sotib olishga tayyor klublar ham ko‘p emas.

Avvalroq Reshford Turkiya chempionati klublaridan kelib tushgan takliflarni rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 08:13, 01.09.2026.
O'qildi: 859 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик