Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Arteta Alvares transferiga munosabat bildirdi

Arteta Alvares transferiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresni ehtimoliy transfer qilish haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Kanonirlar» «Atletiko» futbolchini «Barselona»ga sotishdan bosh tortganidan keyin argentinalik hujumchi uchun asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga olinmoqda.

Dushanba kuni «Arsenal» Angliya Premyer-ligasida safarda «Aston Villa»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan keyin jurnalistlar Artetadan transfer oynasining so‘nggi kunida Alvaresning imzolanishini kutayotgan-kutayotmaganini so‘rashdi.

«Alvares? Bilmayman. Bu qarorni klub rahbariyati qabul qiladi», — dedi Arteta.

Murabbiyning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Transfermarkt portali 26 yoshli Xulian Alvaresning bozor qiymatini 120 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 08:44, 01.09.2026.
O'qildi: 1082 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик