FIFA prezidenti Janni Infantino Lionel Messining 39 yoshida Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash qaroriga fikr bildirdi.
«Lionel Messini terma jamoa safidagi millionlab insonlarga ilhom bergan va bu go‘zal o‘yinni o‘zgartirgan beqiyos faoliyati bilan tabriklayman.
2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan va eng ko‘p gol urgan futbolchi, jahon chempionatlarida eng ko‘p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi — sening sehrli iste’doding va kamtarliging xotiramizda abadiy qoladi.
Argentina terma jamoasi libosidagi unutilmas lahzalarning barchasi va butun dunyo muxlislarini birlashtirganing uchun rahmat.
Faoliyatingning keyingi bosqichida senga barcha ezgu tilaklarni tilayman», — deb yozdi Xalqaro futbol federasiyasi rahbari.













