Karim Benzema «Al-Hilol»dan ketishi haqida fikr bildirdi.
Kecha Saudiya klubi «Real» va Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilinganini ma’lum qilgandi. Benzema «Al-Hilol» safida joriy yilning fevralidan buyon to‘p tepib kelayotgan edi.
«Bu bob o‘z nihoyasiga yetdi...
Birga o‘tkazgan vaqtimiz uchun «Al-Hilol»ga, jamoadoshlarimga, murabbiylar shtabiga, muxlislarga va klubdagi barcha insonlarga rahmat.
«Al-Hilol»ga kelajakda omad tilayman.
Har bir narsa uchun Allohga hamdu sanolar bo‘lsin», — deb yozdi Benzema ijtimoiy tarmoqda.













