Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

«Selta»ga APLdan futbolchi kelib qo‘shildi

«Selta»ga APLdan futbolchi kelib qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Liverpul» yarim himoyachi Stefan Baychetichning «Selta»ga doimiy ravishda o‘tganini e’lon qildi.

21 yoshli futbolchi ispan klubi safiga erkin agent sifatida qo‘shildi.

«Liverpul» uning keyingi transferidan ulush olish huquqini o‘zida saqlab qoldi. Baychetich «Selta» bilan 2029 yil iyuniga qadar shartnoma imzoladi.

2024/25 mavsumida Stefan dastlab «Red Bull», keyin esa «Las-Palmas» safida ijara asosida o‘ynadi. Ispaniya klubi tarkibida og‘ir jarohat olgan va o‘tgan mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborgan.

Baychetich 2021 yil fevral oyida «Selta»dan «Liverpul»ga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon «qizillar»ning asosiy jamoasi safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Kiritildi: 09:31, 01.09.2026.
O'qildi: 760 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик