Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Dia «Lasio»dan «Renn»ga o‘tadi

Dia «Lasio»dan «Renn»ga o‘tadi

Baho:
+ | -

«Lasio» hujumchisi Bulaye Dia Fransiyaning «Renn» klubiga o‘tishga rozilik oldi.

29 yoshli senegallik futbolchi yangi jamoasiga ijara asosida qo‘shiladi, kelishuvda uning transferini majburiy sotib olish bandi ham mavjud.

Transferning umumiy qiymati taxminan 10 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda. Kelishuvni rasmiylashtirish uchun Dia yaqin vaqt ichida Fransiyada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Dia 2024 yilda «Salernitana»dan «Lasio»ga ko‘chib o‘tgan va Rim klubi safida 81 ta o‘yinda 14 ta gol hamda 6 ta golli uzatma qayd etgan.

Shu tariqa, Dia faoliyatini yana Fransiya chempionatida davom ettiradi. U avval «Reyms» safida Liga 1da to‘p tepgan.

«Lasio» esa uning o‘rniga yangi hujumchi izlamoqda va PSV futbolchisi Dennis Manni jamoaga jalb qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.

Kiritildi: 10:58, 01.09.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик