Kanadalik hujumchi Jonatan Devid klubini almashtiradi va Turinning "Yuventus" jamoasidan Madridning "Atletiko" klubiga o‘tadi.
Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, futbolchi 1 sentyabr kuni ertalab "matraschilar" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng tomonlar ijara shartnomasini imzolaydi.
Ispaniya top-klubida Jonatan Devidni 25 million yevroga sotib olish huquqi ham bo‘ladi.
26 yoshli kanadalik futbolchi o‘tgan yil yozidan buyon "Yuventus" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Turin klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida Jonatan Devid 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













