Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«RB Leypsig» «Chelsi»dan Giu transferini e’lon qildi

«RB Leypsig» «Chelsi»dan Giu transferini e’lon qildi

Baho:
+ | -

Ispaniyalik hujumchi Mark Giu Londonning «Chelsi» klubidan «RB Leypsig»ga o‘tdi. Bu haqda Germaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli Giu «RB Leypsig» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Yangi klubida hujumchi 9-raqamda to‘p suradi.

«„RB Leypsig“ga o‘tish men uchun to‘g‘ri qadam. Bu klubda yosh futbolchilar rivojlanadi. Shu bilan birga, „RB Leypsig“ oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘yadigan ambisiyali klub», — dedi Giu klub matbuot xizmatiga.

Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis klubi Giu transferi uchun 17 million yevro to‘lagan.

Ispaniyalik futbolchi 2024 yildan buyon «Chelsi»da o‘ynab kelayotgan edi. Shu vaqt davomida u barcha turnirlarda 29 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:04, 01.09.2026.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик