Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Enso Fernandes yulduz hujumchi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlash haqidagi qarorini izohladi. 39 yoshli futbolchi bu haqda 31 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qilgan edi.
«Leo, sen ketishingni bilgach, juda xafa bo‘ldim. Bolaligimda Argentina terma jamoasining asosiy tarkibiga kirib, sen bilan birga o‘ylashni orzu qilardim.
Jamoaning keyingi yig‘inini sensiz tasavvur qilish men uchun qiyin. Maydonga chiqamiz va seni 10-raqamli futbolkada ko‘rmaymiz», — deb yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022 yilda jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, Amerika Kubogida ikki marta g‘olib chiqqan.













