Fabiu Viyeyra «Arsenal»dan «Gamburg»ga to‘liq transfer asosida o‘tdi va Germaniya klubi bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «Gamburg»da ijara asosida to‘p surib, yaxshi taassurot qoldirgan edi.
Hozircha «Gamburg» Viyeyra 2026/27 yilgi mavsumda qaysi raqamda to‘p surishini ma’lum qilmagan.
«Bu yerga qaytganimdan juda xursandman. «Gamburg» meni yana jamoaga qaytarish uchun qanchalik jiddiy harakat qilganini his qildim. Endi yana shu yerdaman va ishni boshlashni sabrsizlik bilan kutyapman», — dedi Viyeyra.
Transfer uzoq muzokaralardan so‘ng amalga oshdi. Bundan bir necha kun avval «Gamburg» sport direktori Klaus Kosta muzokaralar o‘tkazish uchun Londonga borgan edi. Yakunda ikki klub transfer summasi bo‘yicha mavjud bo‘lgan «bir necha million yevro»lik farqni bartaraf etib, kelishuvga erishdi.
26 yoshli Viyeyra o‘tgan mavsum «Gamburg» safida ijarada o‘ynab, Bundesligada 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Endi portugaliyalik pleymeyker Gamburgga doimiy asosda qaytdi va klub hujumlarini tashkil etishda yana muhim figuralardan biri bo‘lishi kutilmoqda.













