Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/09 11:00 Janubiy Koreya 2-1 Xitoy
30/09 15:30 O‘zbekiston 1-1 Yaponiya

Ikardi A Seriyaga qaytishi mumkin

Ikardi A Seriyaga qaytishi mumkin

Baho:
+ | -

«Galatasaroy»ni tark etganidan so‘ng Mauro Ikardi transfer bozoridagi eng talabgir erkin agentlardan biriga aylandi.

Argentinalik hujumchining Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Xususan, «Lasio» uni Rimga olib kelish bo‘yicha jiddiy harakat qilmoqda.

Futbolchining agenti Letterio Pino ham «Lasio»ning aniq qiziqishini tasdiqladi.

«Mauro o‘zi uchun eng yaxshi loyihani baholamoqda. Bu iqtisodiy emas, balki hayot tarzi bilan bog‘liq tanlov bo‘ladi.

Mauro go‘zal shaharda yashashni va ajoyib joyda futbol o‘ynashni istaydi.

«Lasio» uni juda faol ravishda o‘z safiga jalb qilishga harakat qilmoqda. Bu biz ko‘rib chiqayotgan variantlardan biri», — dedi futbolchining vakili.

Ayni paytda Ikardi erkin agent maqomida bo‘lib, keyingi klubini tanlash jarayonida.

Kiritildi: 16:25, 01.09.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик