Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Jezus: «Mening «B reja» bo‘lganimni aytishsa, xafa bo‘lmayman»

Jezus: «Mening «B reja» bo‘lganimni aytishsa, xafa bo‘lmayman»

Baho:
+ | -

«Barselona»ning yangi futbolchisi Gabriel Jezus kataloniyalik klub uni hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun zaxira varianti sifatida ko‘rgani haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.

«Mening “B reja” bo‘lganimni aytishsa, xafa bo‘lmayman. Men o‘ynamayotganimda yoki yomon inson ekanimni aytishganda jahlim chiqadi. O‘n yil oldin ham bu yerda bo‘lishim mumkin edi, ammo hayot meni boshqa yo‘ldan olib ketdi. Oxir-oqibat, baribir bu klub futbolchisi bo‘lishga erishdim. Men ko‘p mehnat qilaman, o‘z imkoniyatlarimni bilaman va mehnat har doim taqdirlanadi, deb hisoblayman. Tashqaridan nima deyishlari menga baribir», — dedi Jezus taqdimot marosimida.

«Barselona» 1 sentyabr kuni braziliyalik futbolchining transferini rasman e’lon qildi. Hujumchi klub bilan 2029 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Kiritildi: 19:50, 01.09.2026.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик