Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Barselona» Mark Kasadoni La Liga klubiga ijaraga berishi mumkin

«Barselona» Mark Kasadoni La Liga klubiga ijaraga berishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado transfer oynasi yopilishidan oldin «Deportivo» safiga o‘tishi mumkin.

Klublar 22 yoshli futbolchining ijarasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Ferran Martines ma’lumotiga ko‘ra, «oq-ko‘klar» yarim himoyachini mavsum oxiriga qadar keyinchalik sotib olish huquqisiz ijaraga olmoqchi.

Biroq Kataloniya klubi bitimga futbolchining muayyan natijalarga erishishi bilan kuchga kiradigan majburiy sotib olish bandini kiritishni talab qilmoqda.

Mark Kasadoning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan.

Ispaniyalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» asosiy jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 00:35, 02.09.2026.
O'qildi: 1445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик