Braziliya futboli afsonalari Ronaldo va Roberto Karlos mamlakatning tarixiy klublaridan biri — hozirda Braziliya futbolida kuch jihatidan uchinchi ligada ishtirok etayotgan Limeyra shahrining «Inter» klubini qutqarish uchun kuch va sarmoyalarini birlashtirdi.
1980-yillarda «Inter» Braziliyaning ikkinchi divizionida hamda San-Paulu shtati chempionatida g‘olib chiqqan. Ehtimol, bolalik xotiralari bilan bog‘liq iliq tuyg‘ular sobiq futbolchilarni 1913 yilda tashkil etilgan klub taqdiriga befarq qolmaslikka undagan.
Ronaldo va Roberto Karlos klub aksiyalarining 80 foizini sotib olgan investorlar konsorsiumi tarkibiga kirgan.
Loyiha kelgusi o‘n yil davomida klubga 454 million Braziliya reali miqdorida sarmoya kiritishni nazarda tutadi. derbyderbyderby.it ma’lumotiga ko‘ra, bu taxminan 80 million AQSH dollariga teng.













