Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fulxem» «Real» yarim himoyachisini rasman transfer qildi

«Fulxem» «Real» yarim himoyachisini rasman transfer qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi futbolchisi Manuel Anxel «Fulxem» safiga o‘tdi.

«Dala hovli egalari» 22 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini rasmiy sayti orqali tasdiqladi. Ispaniyalik futbolchining London klubi bilan kelishuvi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Shuningdek, shartnomani yana bir yilga avtomatik tarzda uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Manuel Anxel «Real»ning asosiy jamoasi safida 7 ta o‘yin o‘tkazgan. «Qaymoqranglilar»ning ikkinchi jamoasi tarkibida esa 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Angliyada u Madridda birga ishlagan murabbiy Alvaro Arbeloa bilan yana bir jamoada faoliyat olib boradi.

Kiritildi: 07:44, 02.09.2026.
O'qildi: 1341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик