Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi o‘z kumirlarini aytdi

«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi o‘z kumirlarini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» vingeri Iliman Ndiaye o‘yiniga qaysi futbolchilar ilhom berishi haqida gapirdi.

«Shaharliklar» senegallik futbolchini yozgi transfer oynasining so‘nggi kunida «Everton»dan sotib oldi. Bitim qiymati 75 million yevrodan ortiqqa baholanmoqda.

«Men o‘zimni texnikasi kuchli, birga-bir vaziyatlarda raqibni aldab o‘tishni yaxshi ko‘radigan futbolchi deb ta’riflagan bo‘lardim. Muxlislarni o‘rinlaridan turg‘izib yuborish menga yoqadi, ammo eng muhimi — jamoaga g‘alaba qozonishda yordam berish. O‘z sifatlarim «Manchester Siti»ga g‘alabalarga erishishda yordam bera oladi, deb hisoblayman.

Men driblingni juda yoshligimdan, otam bilan o‘ynab mashq qilganman. Hozir bu men uchun tabiiy holga aylangan. Eng yaxshi dribling ustalarini kuzatib, ularning harakatlarini maydonda takrorlashga harakat qilardim. Pele, Maradona, Zidan, Messi — barchasi dribling ustalari. Albatta, Ronaldinyo, Neymar va braziliyalik Ronaldo ham. Agar eng yaxshi bo‘lishni istasang, eng yaxshilardan o‘rganish kerak», — deya Ndiayening so‘zlarini «Manchester Siti» matbuot xizmati keltirdi.

26 yoshli futbolchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 07:47, 02.09.2026.
O'qildi: 695 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик