Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Sosa rasman Bundesligaga qaytdi

Sosa rasman Bundesligaga qaytdi

Baho:
+ | -

«Shtutgart»ning sobiq himoyachisi Borna Sosa «Kyoln» safiga o‘tdi.

Goal ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli xorvatiyalik futbolchi «Kristal Pelas»dan 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijara asosida olingan.

Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ko‘zda tutilmagan.

O‘tgan mavsumda Sosa Angliya klubi safida barcha musobaqalar doirasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, jami 842 daqiqa maydonda harakat qildi.

Himoyachi 2018 yildan 2023 yilga qadar «Shtutgart» sharafini himoya qilgan. U Germaniya klubi safida 115 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 35 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Sosaning bozor qiymati 3 million yevroni tashkil etadi. U faoliyati davomida «Ayaks» va «Torino» klublarida ham to‘p surgan.

Borna Sosa Xorvatiya milliy terma jamoasi safida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan.

Kiritildi: 07:52, 02.09.2026.
O'qildi: 578 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик