Yarim himoyachi Dani Sebalyos «Betis»ga qaytmoqda.
30 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘zi tarbiyalangan klubda faoliyatini davom ettiradi. Taniqli insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar uch mavsumga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. Kelishuv 2029 yil iyun oyiga qadar amal qiladi.
Sebalyos «Real»ni tark etgach, «Betis» safiga erkin agent maqomida qo‘shiladi.
Futbolchi «Betis» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2017 yil yoziga qadar klubning asosiy jamoasida to‘p surgan. Shundan so‘ng u Madridning «Real» klubiga o‘tgan.
Sebalyos «Real» safida barcha musobaqalar doirasida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.













