Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gudmundsson «Fiorentina»dan «Lasio»ga o‘tdi

Gudmundsson «Fiorentina»dan «Lasio»ga o‘tdi

Baho:
+ | -

«Fiorentina» islandiyalik vinger Albert Gudmundssonning «Lasio»ga ijara asosida o‘tganini rasman e’lon qildi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan.

Gudmundsson 2024 yildan buyon «Fiorentina» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. U faoliyati davomida PSV, «AZ Alkmaar» va «Jenoa» kabi klublarda ham to‘p surgan.

29 yoshli futbolchi «Fiorentina» safida jami 81 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Gudmundsson Islandiya milliy terma jamoasi safida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, «Lasio» futbolchini keyinchalik 12 million yevro evaziga to‘liq sotib olishi mumkin.

Kiritildi: 08:07, 02.09.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик