Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Rasman: «Yuventus» Nik Voltemadeni ijaraga oldi

Rasman: «Yuventus» Nik Voltemadeni ijaraga oldi

Baho:
+ | -

Turinning «Yuventus» klubi «Nyukasl» va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Nik Voltemadeni ijaraga olganini rasman e’lon qildi.

Italiya klubi futbolchining bir mavsumlik ijarasi uchun «Nyukasl»ga 3,5 million yevro to‘laydi. Kelishuv 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar amal qiladi.

Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Voltemadening bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Germaniyalik hujumchi 2025 yil avgust oyida «Shtutgart»dan «Nyukasl»ga 70 million yevro evaziga o‘tgan edi. O‘sha vaqtda uning bozor qiymati 30 million yevroga baholangan.

Joriy mavsumda Voltemade Angliya Premyer-ligasida bitta va Angliya Liga kubogida bitta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchi Germaniya milliy terma jamoasi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Kiritildi: 08:11, 02.09.2026.
O'qildi: 1094 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик