Ben Chiluell Fransiyada bir yil o‘tkazganidan so‘ng Angliyaga qaytdi.
«Kristal Pelas» «Chelsi»ning sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Avvalroq 29 yoshli futbolchi «Strasbur»ni erkin agent sifatida tark etgani xabar qilingan edi.
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi 2024/25 yilgi mavsumda ham «burgutlar» safida to‘p surgan. O‘shanda u «Kristal Pelas»da yarim yil ijara asosida o‘ynagan edi.
Chiluell o‘tgan mavsum Fransiya Liga 1 musobaqasida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi.













