Yarim himoyachi Pablo Garsiya «Betis» bilan juda ta’sirli tarzda xayrlashdi. Futbolchi Santanderning «Rasing» klubiga 8 million yevro evaziga o‘tdi.
Sevilya klubi moliyaviy ehtiyoj sabab o‘z tarbiyalanuvchisini sotishga majbur bo‘ldi.
Pablo Garsiya stadion oldidan avtomobilda ketar ekan, ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Rulda o‘tirgan uning onasi ham yig‘ladi. Ushbu lavha aks etgan video internetda yuz minglab marta tomosha qilindi.
«Istiqbolli yosh futbolchini Sebalyosni olib kelish uchun arzon-garovga sotganimizdan juda g‘azabdaman», — deyiladi internetda eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan izohlardan birida.
Pablo Garsiya 20 yoshda. U «Betis» asosiy jamoasi safida 2023 yilda debyut qilgan.













