«Monako»ning germaniyalik himoyachisi Tilo Kerer Niderlandiya chempionatida to‘p tepaydi. 29 yoshli futbolchi Amsterdamning «Ayaks» klubiga qo‘shildi, bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan ijara shartnomasini imzoladi. Kerer «Ayaks» safida 6-raqamda o‘ynaydi.
Tilo o‘tgan mavsumda Fransiya Liga 1 chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, natijaviy harakatlar qayd etmagan.
Niderlandiya chempionatining 3 ta turidan so‘ng amsterdamliklar 7 ochko jamg‘argan. «Ayaks» turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda va peshqadamdan 5 ochko ortda.













