Enso Fernandes birdaniga ikkita transfer rekordini qayd etdi.
Argentinalik yarim himoyachi «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 125 million funt evaziga o‘tdi. Bu Premyer-liga transfer rekordining takrorlanishi bo‘ldi — bir yil avval «Liverpul» hujumchi Aleksander Isak uchun «Nyukasl»ga xuddi shu miqdorda mablag‘ to‘lagan edi.
Bundan tashqari, Fernandes futbol tarixida transferi uchun ikki marta 100 million funtdan ortiq mablag‘ to‘langan birinchi futbolchiga aylandi.
Enso 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 107 million funt evaziga o‘tgan edi.













