«Union» «Yang Boyz» yarim himoyachisi Kastriot Imeri transferini e’lon qildi.
Bild ma’lumotiga ko‘ra, Berlin klubi 26 yoshli shveysariyalik futbolchi uchun 2,4 million yevro to‘lagan.
Imeri 2025/26 yilgi mavsumni «Tun»da ijara asosida o‘tkazdi va klub bilan Shveysariya chempionligini qo‘lga kiritdi. Qayd etish joizki, o‘sha jamoani yangi mavsumdan «Union»ni boshqarayotgan Mauro Lustirinelli murabbiylik qilgan.













