Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Aston Villa» 22 yoshli iqtidorini qo‘yib yubormaydi — yangi shartnoma tayyor

«Aston Villa» 22 yoshli iqtidorini qo‘yib yubormaydi — yangi shartnoma tayyor

Baho:
+ | -

«Aston Villa» 22 yoshli yarim himoyachi Lamar Bogardni jamoada uzoqroq saqlab qolish uchun harakat boshladi.

Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, Birmingem klubi niderlandiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga tayyorlanmoqda.

Qizig‘i, Bogardga avvalroq «Ipsvich» va «Brayton» qiziqish bildirgan, ammo «Aston Villa» har ikki klubning taklifini rad etgan. Bunga bosh murabbiy Unai Emerining futbolchini tarkibda saqlab qolish istagi sabab bo‘lgan.

Joriy mavsumda Bogard 2 ta o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma qayd etmadi.

Uning «Aston Villa» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 16:18, 02.09.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик