"Chelsi" Angliya Premyer-ligasining 2-turida "Brayton end Xouv Albion"ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi, ammo uchrashuvda klub uchun tarixiy darajada past statistik ko‘rsatkichlar qayd etildi.
OptaJoe ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar bahs davomida to‘pga atigi 25,6 foiz vaqt egalik qilgan. Bu "Chelsi"ning Angliya Premyer-ligasida kamida 2003/04 yilgi mavsumdan buyon qayd etgan eng past ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Shuningdek, "Chelsi" futbolchilari o‘yin davomida atigi 146 ta aniq uzatma amalga oshirgan. Bu ham statistika yuritila boshlangan 2003/04 yilgi mavsumdan beri klubning APLdagi eng past natijasi bo‘ldi.
Jamoaning uzatmalar aniqligi esa 67 foizni tashkil qildi.
Bu "Chelsi"ning Angliya chempionatidagi uy uchrashuvlari orasida 2004 yil fevralidan beri eng past ko‘rsatkichdir. O‘sha paytda londonliklar "Charlton"ni 1:0 hisobida mag‘lub etgan va uzatmalar aniqligi 65,9 foizni tashkil qilgan edi.













