"Marsel" ayni paytda transfer bozorida jiddiy cheklovlarga duch kelgan. Bu haqda Muhammad Tubash-Ter xabar berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, Velodrom klubi hozircha "joker" transferi yoki erkin agent bilan shartnoma imzolay olmaydi.
Bu holat klubning moliyaviy cheklovlari bilan bog‘liq. Shuningdek, amaldagi sharoitda "Marsel" tarkibidagi futbolchilarning maoshini ham oshira olmaydi.
Klub nazariy jihatdan "joker" sifatida yangi futbolchi olishi mumkin, ammo buning uchun Fransiya futbolida moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi DNCG tashkilotidan maxsus ruxsat olishi talab etiladi.
Agar DNCG kelishuvni ma’qullamasa, "Marsel" ushbu yo‘l orqali ham tarkibini kuchaytira olmaydi.
Bu cheklovlar Brunu Jenezio jamoasining transfer imkoniyatlarini jiddiy qisqartirgan.
Endi "Marsel" yangi futbolchi bilan shartnoma tuzishdan oldin moliyaviy vaziyatni tartibga solishi yoki DNCGdan zarur ruxsatni olishi kerak.













