Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real Sosyedad» futbolchisi rahbariyat hafsalasini pir qildi

«Real Sosyedad» futbolchisi rahbariyat hafsalasini pir qildi

Baho:
+ | -

«Real Sosyedad» sport direktori Erik Bretos Arsen Zaxaryandan natija ko‘rsatishni talab qildi.

Rossiyalik futbolchi ispan klubidagi to‘rtinchi mavsumini o‘tkazmoqda. U La Ligada 50 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan.

«Zaxaryanning rivojlanishi barqaror kechmadi. Birinchi mavsum ijobiy o‘tdi, u o‘z imkoniyatlarini namoyish qildi. Keyin esa jarohatlar bilan bog‘liq muammolar yuzaga keldi. O‘tgan mavsum esa barcha uchun katta ko‘ngilsizlik bo‘ldi.

Mavsum yakunida u bilan suhbatlashib, juda sabrli bo‘lganimizni, ammo endi natija ko‘rsatish vaqti kelganini aytdim. Sabrning ham chegarasi bor», — dedi Bretos.

Kiritildi: 19:44, 02.09.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик