«Inter» sport direktori Pyero Auzilio Milan klubini tark etadi. Tomonlar hamkorlikni o‘zaro kelishuv asosida to‘xtatishga qaror qilishdi.
Mashhur insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, qaror qabul qilingan va tasdiqlangan. 51 yoshli funksionerning keyingi faoliyati Angliya chempionati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin — unga APL klublari qiziqish bildirmoqda.
Auzilio 2014 yildan buyon «Inter»da sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.













