Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK - Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad - Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul

Futzal. “SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Futzal. “SQB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi “Humo arena”da futzal bo‘yicha 2026 yilgi O‘zbekiston Superkubogi bahsi o‘tkazildi. Bellashuv “SQB” ham “BMB” jamoalari o‘rtasida kechdi. Qiziqarli o‘tgan o‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa “SQB” 4:2 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Superkubogi sohibiga aylandi.

2-daqiqada “SQB” futzalchisi Davlat Ibragimov hisobni ochdi. 27-daqiqaga kelib, Timur Salimov oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. 31-daqiqada himoyachilarning xatosidan unumli foydalangan Jan Aldemiro hisobni qisqartirdi. 32-daqiqada Hebbert Oliveyra Bolt yana “SQB”ning ustunligini mustahkamladi. 33-daqiqada Jan Aldemiro dubl qayd etgan bo‘lsa, 35-daqiqada “BMB” futzalchisi Vitor muvozanatni tikladi.

Penaltilar seriyasida esa “SQB” darvozaboni Shavkat Ibragimov ishonchli harakat qilib, ikkita zarbani bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. “SQB” futzalchilari esa aniq harakat qilib, g‘alabani ilib ketishdi.

Mazkur bellashuvga jahon futbolining mashhur afsonalari faxriy mehmon sifatida taklif etilgan. Xususan, braziliyalik darvozabon Julio Sezar, italiyalik sobiq futbolchilar Marko Materassi va Kristian Zakkardo, shuningdek, Jerom Boateng (Germaniya), Migel Salgado (Ispaniya), Esteban Kambiasso (Argentina), Rikardu Kuarejma (Portugaliya), Uesli Sneyder (Niderlandiya), Oskar (Braziliya), Kevin Kuranyi (Germaniya) va Vinchenso Yakvinta (Italiya) Superkubok uchrashuvini bevosita arenadan kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Superkubogi
“BMB” — “SQB” 3:3
Penatilar seriyasi — 2:4
Gollar: 0:1 — Davlat Ibragimov (2), 0:2 — Timur Salimov (27), 1:2 — Jan Aldemiro (31), 1:3 — Hebbert Oliveyra Bolt (32), 2:3 — Jan Aldemiro (33), 3:3 — Vitor (35)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:24, 02.09.2026.
O'qildi: 875 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик