Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Chelsi" Veynaldum transferidan voz kechdi

"Chelsi" Veynaldum transferidan voz kechdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" Jorjinyo Veynaldumni o‘z safiga qo‘shib olmaydi.

Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 35 yoshli niderlandiyalik yarim himoyachi bilan muzokara olib borayotgani haqidagi xabarlarni rad etgan va u bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.

Avvalroq OAVda tomonlar bir yillik shartnoma bo‘yicha muzokara olib borayotgani, kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjudligi xabar qilingan edi.

Hatto transfer taxminan 90 foizga tayyor ekani ham aytilgan.

Biroq Romano ma’lumotiga ko‘ra, bu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va "Chelsi" Veynaldum bilan kelishuv ustida ishlamayapti.

Ayni paytda niderlandiyalik futbolchi "Al-Ittifoq"ni tark etganidan keyin erkin agent maqomida.

Kiritildi: 22:58, 02.09.2026.
O'qildi: 1165 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик